Shayxontohur tumanida ro`y bergan YTH haqida ma’lumot
Internet tarmog`ida tarqalayotgan Shayxontohur tumanida ro`y bergan yo`l-transport hodisasi to`g`risidagi xabarlar bo`yicha quyidagilarni ma’lum qilamiz.
2021-yil 8-dekabr kuni taxminan soat 22:00 da Shifo-nur va Talabalar ko`chalari kesishmasida “Cobalt” avtomobilini tegishli huquqsiz boshqargan 15 yoshli А.M. qarama-qarshi harakat yo`ligiga chiqib, 33 yoshli R.I. boshqaruvidagi “Matiz” avtomobiliga to`qnashgan.
To`qnashuvdan so`ng “Cobalt” harakatni boshqaruvsiz davom etib daraxtga to`qnashgan va yonishni boshlagan. Yong`in voqea joyiga yetib kelgan yong`in xavfsizligi xodimlari tomonidan o`chirildi.
To`qnashuv oqibatida ikkala haydovchi ham badan shikastlari bilan tibbiyot muassasasiga yetkazildi. Ularning holati qoniqarli.
Ushbu fakt bo`yicha Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan tergov tekshiruv o`tkazilmoqda.