IIBB yangiliklari:
Haydovchilar avtomobil kalitini o't oldirgichda qoldirmang!
23 Noyabr 2021 Yil 333

Seul shahri (Janubiy Koreya) politsiyasi delegatsiyasi Toshkent shahar IIBBga tashrif buyurdi

23-noyabr kuni Koreya Respublikasi politsiyasi delegatsiyasi Seul shahri politsiya komissari Choy Kvan Xo boshchiligida Toshkent shahar IIBBda bo'lishdi. Delegatsiya poytaxt boshqarmasiga tashrifini xizmat burchlarini ado etish vaqtida halok bo'lgan xodimlar xotirasiga o'rnatilgan monumentga gul qo'yishdan boshladi. So'ng mehmonlar IIBB Shon-sharaf muzeyida bo'lib, idoraning shakllanish tarixi bilan tanishib chiqishdi. Bundan tashqari, mehmonlar tuzilmaviy bo'linmalar faoliyati bilan tanishdilar.
Tashrif doirasida Toshkent shahar IIBB boshlig'i general-mayor А.А. Tashpulatov Seul shahri politsiyasi komissari Choy Kvan Xo bilan muzokaralar o'tkazdi. Uchrashuv yakuni bo'yicha Hamjihatlik to'g'risidagi memorandum imzolandi. Hujjatga muvofiq poytaxtlar huquqni muhofaza qilish organlarining hamkorlik sohalarini mustahkamlash va kengaytirish rejalashtirildi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech