IIBB yangiliklari:
Haydovchilar avtomobil kalitini o't oldirgichda qoldirmang!
8 Avgust 2018 Yil 3237

Sergeli tumanidagi yong‘in haqida

Shu yilning 7 avgust kunidan 8 avgust kuniga o‘tar kechasi soat 3:30 da Toshkent shahar IIBB YoXB kuch va vositalarni boshqarish va muvofiqlashtirish boshqarmasi markaziga “Erkin market” oziq-ovqat magazinida yong‘in kelib chiqqani haqida xabar kelib tushdi.

Sergeli tumanining Choshtepa ko‘chasida joylashgan ushbu magazinga o‘t o‘chirish guruhi qisqa vaqtda yetib bordi va yong‘inni o‘chirish choralari ko‘rildi.

Olib borilgan tezkor harakatlar natijasida soat 4:39 da yong‘in to‘liq bartaraf etildi. Dastlabki taxminlarga ko‘ra, elektr tarmog‘idagi qisqa tutashuv falokatga sabab bo‘lgan. Jarohatlanganlar va qurbonlar yo‘q.

O‘z navbatida Toshkent shahar YoXB korxona va tashkilot rahbarlaridan hamda hamshaharlarimizdan yong‘in xavfsizligi qoidalariga amal qilishlikni so‘raydi.

 

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech