IIBB yangiliklari:
Haydovchilar avtomobil kalitini o't oldirgichda qoldirmang!
8 Oktyabr 2021 Yil 3180

Madaniyatli jamiyatda samosudga oʻrin yoʻq

Internet tarmogʻida tarqalgan videoda noma’lum shaxs boshqa bir kishini kuch bilan ushlab turib, tarmoq foydalanuvchilariga bu shaxs yoʻl harakati qoidabuzarliklarini tasvirga olib, ichki ishlar organlariga joʻnatish bilan shugʻullanishini ma’lum qilgan.

Tekshiruv davomida aniqlanishicha, ushbu holat 2021 yil 1 oktabr kuni soat 17:00 da Uchtepa tumani Toshkent xalqa avtomobil yoʻlida “Oʻrikzor” bozori yaqinida sodir boʻlgan. Huquqbuzar 1996 yilda tugʻilgan Xurshid E. ekanligi aniqlandi. Xurshid E. Uchtepa tumani IIO FMB 3-son ichki ishlar boʻlimigq yetkazilib, u bilan profilaktik suhbat oʻtkazildi. Bundan tashqari, unga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 183-moddasi boʻyicha bayonnoma rasmiylashtirildi.

Toʻplangan hujjatlar qonuniy chora koʻrilishi uchun sudga yuborildi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech