IIBB yangiliklari:
Haydovchilar avtomobil kalitini o't oldirgichda qoldirmang!
19 Dekabr 2019 Yil 2129

Rossiya Federasiyasi Milliy gvardiya qo'shinlari federal xizmati delegatsiyasi Toshkent shahar IIBB faoliyati bilan tanishdi

Rossiya Federatsiyasi Milliy gvardiya qo'shinlari federal xizmati direktori o'rinbosari – Rossiya Federatsiyasi milliy gvardiya qo'shinlari bosh qo'mondoni general-polkovnik Oleg Borukayev boshchiligidagi Rossgvardiya delegatsiyasi Toshkent shahar IIBB ichki ishlar bo'limlaridan biriga tashrif buyurdi.

Mehmonlarga "Xavfsiz poytaxt" konsepsiyasi doirasida ichki ishlar organlari va O'zbekiston Milliy gvardiyasining hamkorligi, ushbu konsepsiya doirasida sutkalik patrullash joriy qilinganligi haqida gapirib berildi. Hamkorlikdagi patrullash shahardagi jinoyatchilikni darajasi pasayishiga, jinoyatchilikni erta oldini olish bo'yicha choralar samarasining oshishiga sabab bo'lganligi alohida qayd etildi. Xizmat uchun patrullarga ajratib berilgan zamonaviy texnika va avtotransport vositalari Rossgvardiya delegatsiyasining qiziqishini uyg'otdi.

Shuningdek mehmonlarga Toshkent shahar IIBB tizimidagi islohotlar haqida ma'lumot berilib, favqulodda xizmat, xususan, "tez yordam", yong'in xavfsizligi xizmati hamda O'zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi tuman ichki ishlar bo'limi bazasidagi dislokatsiya modeli bilan tanishtirildi. Rossgvardiya vakillari tuman ichki ishlar bo'limida tashkil etilgan sharoitlarga, ilg'or axborot-kommunikatsion texnologiyalardan foydalanish tizimiga yuqori baho berishdi.

 

 

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech