Dam olish kuni 1700 dan ziyod fuqaro biometrik pasportga ega bo‘ldi

Toshkent shahar IIBB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasining ma’lum qilishicha, o‘tgan yakshanba ya’ni 10 iyun kuni Toshkent shahri bo‘yicha 1742 nafar kishiga pasportlari topshirildi. Shulardan 52 nafari voyaga yetmaganlar, 17 nafari imkoniyati cheklangan insonlardir. 301 kishi biometrik pasport olish uchun hujjatlarini rasmiylashtirdi. Bundan tashqari, 928 kishi propiska masalasini hal qildi.