4 Iyun 2018 Yil 2650

Dam olish kuni 1500 dan ziyod fuqaro biometrik pasportga ega bo‘ldi

Toshkent shahar IIBB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasining fuqarolarni soat 8:00 dan va yakshanba kunlari ham qabul qilishi haqida ma’lum qilgandik.

Fuqarolarga, ayniqsa shanba kuni ishlaydigan hamshaharlarimizga qo‘shimcha qulaylik yaratish maqsadida joriy qilingan ushbu yangi ish tartibi kutilgan natijani bermoqda. Jumladan, o‘tgan yakshanba kuni ya’ni 3 iyun kuni Toshkent shahri bo‘yicha 1879 nafar kishiga pasportlari topshirilgan bo‘lsa, 154 kishi biometrik pasport olish uchun hujjatlarini rasmiylashtirdi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 1 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi nobiometrik pasportlarining amal qilish muddati tugaydi. Nobiometrik pasport egalari va pasport olish yoshiga yetgan fuqarolardan o‘z vaqtida biometrik pasport olishlarini yoki almashtirishlarini so‘raymiz.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech