3 Noyabr 2021 Yil 1608

Reklama varaqalarini tarqatish fakti bo'yicha tergov oldi tekshiruvi olib borilmoqda

Giyohvandlik vositalarini tarqatishga qarshi kurashga yo`naltirilgan profilaktik tadbirlar davomida Mirobod tumani IIO FMB xodimlari 26 yoshli Sh.Sh.ni flayerlar tarqatayotganida qo`lga olishdi. Аshyoviy dalillar sifatida undan 1093 ta giyohvandlik vositalari savdosi bilan shug`ullanuvchi internet-do`konlarni reklama qiluvchi flaerlar olib qo`yildi.
Suhbat davomida fuqaro Sh.Sh.ning ma’lum qilishicha, u bilan “Telegram” orqali o`z “F” deb nomlagan shaxs bog`lanib, flaerlar tarqatish yo`li bilan daromad taklif qilgan. 29-oktabr kuni “F” Sh.Sh.ga 1750-1800 ta flaerlar bergan. Flaerlarning bir qismi Yashnobod va Mirobod tumanlarida tarqatilgan.
Keyinchalik tergov oldi tekshiruvi davomida 2003-yilda tug`ilgan F.K. qo`lga olindi. Uning ma’lum qilishicha, joriy yilning sentabr oyida u maxsus sayt orqali flaerlar tarqatish bilan bog`liq “ish” topgan. Flayerlarni u tayyor holda Mirzo-Ulug`bek tumanidagi bosmaxonadan olgan. Tez orada bosmaxona ishchilari: 23 yoshli R.R. va 36 yoshli D.X.lar qo`lga olindilar. Аshyoviy dalillar sifatida 6000 ta tayyor flaerlar olib qo`yildi.
Mazkur fakt asosida to`plangan hujjatlar Mirobod tumani IIO FMBga yo`naltirildi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech