2022 yilning 4 mart kuni taxminan soat 23:00 larda Yakkasaroy tumani Kichik halqa avtomobil yoʼli hududida xizmat olib borayotgan YHXB YPX inspektori safdor А.Raxmatov “Spark” rusumli avtomashina haydovchisiga xushtak va jezl orqali “toʼxtash” ishorasini bergan.
Biroq haydovchi YPX inspektorining qonuniy talablarini bajarmay, uning toʼxtash ishorasiga amal qilmasdan harakatni davom ettirib, yoʼl harakati qoidalarini buzgan, jumladan tezlikni belgilangan meʼyordan oshirib, svetoforning taqiqlovchi ishorasiga rioya etmagan.
YPX inspektori oʼziga biriktirilgan “Lacetti” rusumli, davlat raqam belgisi 01 512 VSC xizmat avtomashinasida “Spark” avtomashinasini kuzatib borayotgan vaqtda, 1995 y.t., Mirzoxid M. boshqaruvidagi “Lecetti” rusumli, davlat raqam belgisi 75 S 185 OA avtomashinasi bilan toʼqnashuv sodir boʼlgan.
Toʼqnashuv natijasida ikkinchi “Lacetti” avtomashinasining yoʼlovchisi 1997 y.t., Firdavs А. tan jarohatlari olib shifoxonaga yotqizilgan. Mutaxassislar tomonidan unga malakali tibbiy yordam koʼrsatilmoqda. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB rahbariyati nazorati ostida tekshiruv oʼtkazilmoqda. Shu bilan birga, “Spark” avtomashinasining haydovchisini qayerdaligini aniqlash choralari koʼrilmoqda.