26 Oktyabr 2021 Yil 1508

Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda ichki ishlar organlari xodimlari o‘z joniga qasd qilgan qizni qutqarib qolganligi aks etgan video tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan quyidagilarni ma'lum qilamiz.

Joriy yilning 25-oktabr kuni taxminan soat 01.15 larda Toshkent shahar IIBB navbatchilik qismiga X.I. ismli fuqaro o‘z joniga qasd qilayotganligi haqida xabar kelib tushgan. Voqea joyiga zudlik bilan shu hududda xizmat olib borayotgan Uchtepa tumani IIO FMB PPX xodimlari yetib kelishgan. Ichki ishlar organlari xodimlarining tezkorlik bilan professional ravishda amalga oshirgan sa'y-harakatlari tufayli X.I.ning hayotini saqlab qolishgan. Ushbu hodisaning sodir etilishiga sabab bo‘lgan omillar profilaktika inspektori va xotin-qizlar masalalari bo‘yicha inspektorlar tomonidan o‘rganilmoqda.
Hurmatli fuqarolar! Hayotda qanday vaziyat ro‘y berishidan qat'iy nazar, har qanday holatda ham muammoning yechimi borligini unutmang. O‘z joniga qasd qilish – muammoning yechimi emas.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech