IIBB yangiliklari:
Haydovchilar avtomobil kalitini o't oldirgichda qoldirmang!
7 Sentyabr 2021 Yil 773

Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrida maktab o'quvchilari o'rtasida ommaviy mushtlashuv sodir bo'lganligi haqidagi xabar ostida voyaga yetmaganlar ishtirokidagi janjal aks etgan video tarqaldi. Mazkur videotasvir yuzasidan quyidagilarni ma'lum qilamiz.
Videoda aks etgan holat “Maktab” nomli serialni suratga olish jarayonidagi holat bo'lib, avgust oyining oxirlarida Mirzo Ulug'bek tumanida tasvirga olingan. Senariy bo'yicha maktab o'quvchilari o'rtasidagi janjal vaqtida o'quvchilardan birining ukasi himoya qilishi kerak bo'lgan kadr aks etgan. Serialni suratga olishga jalb etilgan aktyorlardan biri ushbu jarayonni o'zining telefoniga tasvirga olib, internet tarmog'ida joylashtirgan.
Hurmatli fuqarolar! Sizlardan tekshirilmagan ma'lumotlarni tarqatmasligingizni, o'z sahifangizda obunachilarni yoki ko'rish hajmini ko'paytirish maqsadida shov-shuv uyg'otuvchi videolar ostida yolg'on xabarlarni yozmasliklaringizni so'raymiz.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech