Ijtimoiy tarmoqlarda YPX xodimini avtomashina urib yuborgani haqida xabarlar tarqalmoqda. Ushbu holat yuzasidan quyidagilarni ma'lum qilamiz. Joriy yilning 20 aprel kuni taxminan soat 10:40 larda Mirzo Ulug‘bek tumani Abdulla Qodiriy va Maxatma Gandi ko‘chalari chorrahasida xizmat olib borayotgan Toshkent shahar IIBB YHXB YPX inspektori Farxod Sayxamatovni, A.T. boshqaruvidagi “Hyundai Sonata” rusumli, davlat raqam belgisi 01 990 QFA bo‘lgan avtomashina urib yuborgan. Natijada YPX inspektori olgan tan jarohatlari bilan shifoxonaga olib borilgan.
Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan tekshiruv olib borilmoqda.