28 Dekabr 2021 Yil 1292

Yakkasaroy tumanidagi qurilishda o`quv mashg`ulotlariga mo`ljallangan o`q-dorilar topildi

Ijtimoiy tarmoqlarda qurilayotgan obyektda ikkita artilleriya aslahasi topilgani to`g`risidagi video tarqamoqda. Mazkur holat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz.

2021 yil 27 dekabr kuni 102 raqamiga 26 yoshli Qashqadaryo viloyatilik Shuhrat T.dan xabar kelib tushdi: uning gapiga ko`ra, u tanishi 29 yoshli Аliakbar M. bilan birgalikda Yakkasaroy tumanida qurilayotgan obyekt hududida shubhali, artilleriya aslahalariga o`xshash zanglagan buyumlar topgan. U fuqarolik mas’uliyatidan kelib chiqib tezkor xizmatlarga xabar bergan.

Ko’rsatilgan manzilga Toshkent shahar IIBB xodimlari O`zbekiston Respublikasi IIVning maxsus mutaxassislari bilan birgalikda yetib keldilar. Tekshiruv o`tkazilgach, topilgan buyumlar o`quv mashg`ulotlari davomida foydalanishga mo`ljallangan ikkita 115 mm.lik o’quv snaryadi va ikkita 82 mm.lik o`quv minomyoti ekanligi ma’lum bo`ldi.

Mazkur holat bo`yicha o`rganish ishlari davom etmoqda. 

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech