18 May 2018 Yil 3309

Qizalog‘ini sotmoqchi bo‘lgan ona qo‘lga olindi

Toshkent shahar IIBB JQB va Bosh prokuratura tomonidan 7 kunlik chaqalog‘ini 4 ming AQSh dollariga sotmoqchi bo‘lgan ayol ushlandi.

Toshkent shahar IIBBga poytaxt hududida ayol kishi o‘zining shu yil 5 may kuni dunyoga kelgan qiz farzandini sotish uchun mijoz qidirayotgani haqidagi xabar kelib tushdi. Mazkur ma’lumot asosida Toshkent shahar IIBB Jinoyat-qidiruv boshqarmasi Iqtisodiy xavfsizlik va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi hamda O‘zbekiston Respublikasi bosh prokuraturasi huzuridagi soliq, valyutaga oid jinoyatlar va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti hamkorligida tezkor tadbir rejasi ishlab chiqildi. Ushbu tezkor tadbir davomida Toshkent viloyatida tug‘ilgan  23 yoshli Xayrinoso. J (ismi o‘zgartirilgan) qo‘lga olindi.

Ushbu holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 135-moddasi bilan (“odam savdosi”) jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Ona ota-onalik huquqidan mahrum qilindi, chaqaloq mehribonlik uyiga joylashtirildi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech