27 Август 2022 йил 2800

Toshkent shahar IIBB jinoyat qidiruv boshqarmasi xodimlari tomonidan qalbaki pullar bilan bog‘liq holatga chek qo‘yildi

Yunusobod tumani IIO FMBdan olingan ma'lumotlarga ko‘ra, joriy yilning 4 avgust kuni Botir E. ismli shaxs qo‘lga olingan. Toshkent shahar IIBB JQB xodimlari tomonidan, uning “Spark” rusumli avtomobili salonidan qalbaki 15762 AQSh dollari topilib, olib qo‘yilgan. Mazkur kupyuralar haqiqiyligini aniqlash uchun Toshkent shahar IIBB EKMga topshirildi. O‘tkazilgan ekspertizaning xulosasiga ko‘ra, 157 dona 100 AQSh dollari, 7 dona 10 AQSh dollari va 2 dona 1 AQSh dollari qiymatidagi kupyuralar qalbaki usulda tayyorlanganligi aniqlangan. Ekspertiza xulosasi qalbaki pullarni sotishda gumon qilingan shaxsga nisbatan qonuniy chora ko‘rish uchun Yunusobod tumani IIO FMB tergov bo‘limiga yuborilgan.
Mazkur holat yuzasidan Yunusobod tumani IIO FMB Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 176-moddasi 3-qismi (“Qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish”) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda ushbu jinoyatga aloqador boshqa shaxslarni aniqlash maqsadida tezkor-tergov tadbirlar olib borilmoqda.

Барча янгиликлар

Text to speech