IIBB yangiliklari:
Haydovchilar avtomobil kalitini o't oldirgichda qoldirmang!
24 Noyabr 2021 Yil 248

«Qahramonlar»

Аlkogol odamning ruhiy holatiga salbiy ta’sir o'tkazadi. Uni iste’mol qilgan odamlar o'zlarining hissiyotlarini, onglarini nazorat qilmay qo'yishadi, bu esa salbiy oqibatlarga olib keladi. Jinoyatlar alkogol ta’siri ostida sodir etilganida bu holat javobgarlikni og'irlashtiruvchi holat sifatida ko'rib chiqiladi.
Spirtli ichimlik ta’siri ostida sodir etilgan jinoyatlardan biri oqibatida bir kishi kasalxonaga tushib qoldi, ikkinchisiga nisbatan esa jinoyat ishi qo'zg'atildi.
Hodisa jabrlanuvchining so'zidan yozib olingan. Xasan (ismlar o'zgartirilgan) ismli kishi shaharga pul topish niyatida kelib, o'ziga Bektemir tumanida ijaraga xona topdi. Yanvar oyida u ikkita do'sti bilan o'z xonasida tushlik uyushtirdi va tushlik davomida spirtli ichimliklar ichildi. Spirtli ichimliklar ko'p ichilgani sababli suhbatdoshlarning ovozi baland chiqa boshladi. Uy egasi o'tirish uchun boshqa joy topishni talab qildi.
Do'stlar savdo markazi tomon yo'l olishdi. Yo'ldan bir shisha aroq sotib olib, binoning orqa tomonida ichishni davom ettirishdi. Ularning yoniga ikki nafar noma’lum shaxslar kelib, qo'shilishga ruxsat so'rashdi. Notanish kishilar o'zlarini Temur va Toxir deb tanishtirdilar. Spirtli ichimliklar ichish davomida Xasan va Temur o'rtasida kelishmovchilik yuzaga keldi. Ularning biri tomonidan aytilgan gapni ikkinchisi noto'g'ri tushundi. O'n daqiqa avval tinch o'tirgan kishilar bir soniyada dushmanlarga aylanishdi va ularning o'rtalarida mushtlashuv yuz berdi. Do'stlari ajratishayotganda Temur cho'ntagidan pichoq olib Xasanning ko'kragiga urdi. Qo'lida qonni ko'rgan Temur o'ziga kelib, jinoyat joyidan yashirinmoqchi bo'ldi. Uning do'sti ham uning ortidan ketdi.
Xasan shifoxonaning jarrohlik bo'linmasiga joylashtirildi va unga tibbiy yordam ko'rsatildi. Poytaxtga pul ishlash uchun kelgan kishi kasalxonaga tushib qoldi. Tez orada Temur topildi. Unga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi (“Bezorilik”) bo'yicha jinoyat ishi qo'zg'atildi.
Ushbu hikoyaning “qahramonlari” aslida qahramon emas, muhimi ularning ikkalasi ham qaysi gap tufayli tortishib qolishganini eslay olishmaydi. Spirtli ichimlikning zarari to'g'risida yana ko'p yozish mumkin, ammo shu misolning o'zi ham alkogolning iste’moligi ro'jo' qo'yganlarga ibrat bo'lishi mumkin.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech