IIBB yangiliklari:
Haydovchilar avtomobil kalitini o't oldirgichda qoldirmang!
13 Oktyabr 2021 Yil 606

Qabih reja

Sodir etilgan jinoyati uchun jazoni olgach, odam yana bir bor bu yo`lga kirishga arziydimi, deb o`ylashi kerak. Lekin jazo hamma uchun ham saboq bo`lavermaydi.
28 yoshli Olimjon uydan chiqib, sayr qilishga qaror qildi. Qanday qilib oson pul topish haqida o`ylab, sekin qadam bosardi. U yaqinda, 2018 yilda sodir etgan jinoyati uchun qamalib chiqqan bo`lsada, ishga kirishga shoshilmasdi. Doimo tez va oson pul topishga harakat qilib, jinoyat yo`liga kirdi. Dastgoh yonida turish, uy qurish yoki boshqa ish bilan shug`ullanish unga tegishli emasdi. Ko`chada bir yigitning telefonda gaplashayotganini ko`rib, darhol boshida reja tug`ildi. U yigit tomon yurdi, juda oqsoqlanib, tashqi qiyofasi bilan yordamga muhtojligini ko`rsatdi. Ismi «Umidjon» bo`lgan yigitga yiqilganini tushuntirdi va uni uyiga kirishiga yordam berishini so`radi. «Umidjon» yordam berishga rozi bo`ldi. Yo`lda Olimjon uyiga qo`ng`iroq qilish uchun yigitning mobil telefonini so`radi. Ko`p qavatli uyning kirish eshigida yigitni oldinga qo`yib yubordi va o`zini telefonda kimdir bilan gaplashayotganday qilib ko`rsatdi. Lift eshiklari ochilganda, Umidjonni yashin tezligida kabinaga itarib yubordi. 9-qavat tugmachasini bosdi. Eshiklar yopildi va lift yuqoriga ko`tarila boshladi. Jinoyatchi qo`lida telefon bilan orqasiga qaramasdan yugurdi. Uzoq vaqt ikkilanmasdan, eng yaqin bozorga bordi va u yerda SАMSUNG А10 uyali telefonini 700000 so`mga nomaʼlum kishiga sotdi. Аmmo bu pul, albatta, unga yetarli emasdi. Yana ishga kirishdi. U shunchaki boshqa o`ljani topishi kerak edi. Jinoyatchining navbatdagi o`ljasi ko`p qavatli uylarning xonadonlarida taʼmirlash ishlarini bajarib pul topgan Najmiddin degan yigit edi. U pul topish ilinjida to`g`ri kelgan ishni bajarishga tayyor edi. O`sha baxtsiz kunda, Najmiddin ishga ketdi, lekin bundan oldin u do`konga kirib yangi «SАMSUNG А20» uyali telefonini sotib oldi va u odatda ish beruvchilarni kutadigan joyga kelib o`tirdi. Sotib olgan telefonini ko`zdan kechira boshladi. Uzoq vaqt davomida Olimjon uni chetda turib kuzatdi va yuklarini kvartiradan kvartiraga ko`chirib berish taklifi bilan chiqdi. To`lov to`g`risida kelishib olgach, ular taksiga o`tirishdi. Ko`p qavatli uyga yaqinlashib, mashinadan tushgan Olimjon: «Siz 8-qavatga ko`tarilasiz, sizning sherigingiz u yerda kutmoqda. Siz narsalarni qo`yishni boshlaysiz, men shu yerda kutib turaman. Ha, aytgancha, telefoningiz yangi ekan. Yuk ko`tarayotganda tushirib yubormang yana. Keling ushlab turaman. Sodda yigit, ayyor jinoyatchiga ishonib, sakkizinchi qavatga ko`tarildi, lekin u yerda hech kim yo`q edi. Shundagina u aldanganini tushundi. Olimjon yangi qurbonning telefonini pullash uchun bozorga bordi va uni 2 000 000 so`mga sotdi. Аmmo jinoyatchining qing`irligi uzoqqa cho`zilmadi. Talonchilikning birinchi qurboni Umidjon huquqni muhofaza qilish organlariga murojaat qildi va zudlik bilan o`tkazilgan tezkor qidiruv tadbirlari tufayli Olimjon qo`lga olindi. Unga O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 3-qismi («Talonchilik») bilan ayblov eʼlon qilindi. Lekin bu uni to`xtatadimi, bolalari, ota-onasi haqida o`ylaydimi? Biz shunga umid qilamiz. Qachonlardir nafaqat talonchilikning ajoyib rejalari, balki qilgan ishlari uchun tavba qilish haqidagi fikrlar ham uning kallasida charx urib qolar.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech