IIBB yangiliklari:
Haydovchilar avtomobil kalitini o't oldirgichda qoldirmang!
13 Oktyabr 2021 Yil 323

Toshkent shahar IIBB PPX xodimlari O'zbekiston tarixi muzeyida bo'lishdi

Yaqinda Toshkent shahar IIBB PPX xodimlari O'zbekiston tarixi muzeyida bo'lishdi. Yurtimizning tarixi bilan tanishish, arxeologik manbalarni namoyish qilish, tarixiy an’analarning kelib chiqishini o'rganish tashrifdan asosiy maqsad sifatida belgilandi.
O'zbekiston tarixi davlat muzeyi – yirik ilmiy-ma’rifiy markazlardan biri bo'lib, u yerda turli xil eksponatlar to'plangan. Ular orasida numizmatika, arxeologiya va etnografiya bo'yicha to'plamlar mavjud. Muzeyning o'ziga xosligi shundaki, u faqatgina tarix haqida ma’lumot beribgina qolmasdan, bugungi kundagi o'zgarish va islohotlar to'grisida ham bayon qiladi. Bu Yangi O'zbekistonning maqsad va vazifalari, taraqqiyot yo'li haqida tasavvurga ega bo'lish imkonini beradi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech