19 Iyul 2018 Yil 2921

PPX xodimi xorijlik sayyohning hayotini saqlab qoldi

Shahar tun og‘ushiga cho‘mayotgan vaqt. PPX guruhi jamoat tartibini saqlash uchun xizmatga yo‘l olmoqda. Biroq shu payt, 4-batalonning 1-otryadi xodimi serjant G‘oziyev Farrux Muqimiy ko‘chasidagi bekatda yuragini ushlab o‘tirgan erkakni payqab qoladi. Shu zahoti darrov uning yoniga borib, ahvolini so‘raydi. “Yordam bering” deydi, rus tilida arang, haligi odam. Serjant uni mashinaga o‘tqizib, zudlik bilan shoshilinch tibbiy yordam markaziga yo‘l oladi.

Bu yerda tibbiyot xodimlari bemorga o‘sha tezkor yordam ko‘rsatishadi.

Keyin ma’lum bo‘lishicha, asli chet ellik bo‘lgan sayyohning yuragi bezovta qilib, xuruj tutgan. Lekin o‘z vaqtida ko‘rsatilgan yordam natijasida kasallikning og‘ir oqibati oldi olindi.

Sayyohning baxtiga uni ichki ishlar xodimi o‘z vaqtida ko‘rib, birinchi yordamni ko‘rsatdi. Chernogoriya fuqarosi, 52 yoshli Dunis Drazin minnatdorchilik bildirib, serjant bilan esdalik uchun suratga olishlarini so‘radi. “Men va oila a’zolarim Farruxdan minnatdormiz”, –deydi xorijlik sayyoh.

 

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech