1 Aprel 2018 Yil 4090

Poytaxt ko‘ngilochar-savdo majmualarida amaliy mashg‘ulotlar davom etmoqda

Bugun poytaxtimizdagi “MEGA PLANET” va “VEGA CENTRE” ko‘ngilochar va savdo majmualarida Toshkent shahar IIBB YoXB, FVB, “O‘zdavenergonazorat” Toshkent shahar bo‘limi, Gaz avariya xizmati hamda Toshkent shahar SSB tez tibbiy yordam stansiyasi xodimlari hamkorligida favqulodda holatlarda to‘g‘ri harakatlanish ko‘nikmalariga bag‘ishlangan amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

Mashg‘ulotlar davomida majmua xodimlari yong‘in kelib chiqqanda uni bartaraf etish, fuqarolarni evakuatsiya qilish, jabrlanganlarga birinchi yordamni ko‘rsatish mashqlarini bevosita mutaxassislar bilan birgalikda bajardilar. Alohida e’tibor fuqarolar bilan ishlashga qaratildi: yong‘in yuz berganda sarosimaga tushmasdan, bolalar va kattalarni binodan tashqariga olib chiqish yo‘llari ko‘rsatib berildi.

Bundan tashqari, mashg‘ulot doirasida ushbu binolardagi yong‘inga qarshi xavfsizlik tizimlari, evakuatsiya rejalari, yong‘in o‘chirish vositalari holatining sozligi, zaxira chiqish yo‘llari va ko‘rsatkichlarining mavjudligi tekshiruvdan o‘tkazildi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech