7 Dekabr 2021 Yil 975

Piyodalar tomonidan yo`l harakati qoidalariga rioya qilinishi – ular ishtirokidagi YTHlarning oldini olishda muhim omildir

2021-yil 7-dekabr kuni Toshkent shahar IIBB Yo`l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlari tomonidan “DIQQАT PIYODА” shiori ostida aksiya o`tkazilib, aksiya davomida yo`l harakati ishtirokchilari bilan yo`l-transport hodisalari sonini qisqartirishga qaratilgan tushuntirish suhbatlari o`tkazildi.
Joriy yilning 1-yanvar kunidan 30-noyabriga qadar poytaxtda piyodalar ishtirokida 524 ta yo`l-transport hodisalari qayd etilgan bo`lib, natijada 32 kishi badan shikastlari tufayli hayotdan ko`z yumgan va yana 487 kishiga turli og`irlikdagi badan shikastlari yetgan. Bu kabi fojealar har doim ham haydovchilar aybi bilan sodir bo`lmaydi: ba’zida piyodaning o`zi belgilangan qoidalarni buzib, yo`lda kutilmagan omilga aylanmoqda. Shu sababli Toshkent shahar IIBB YHXB yo`l-patrul xizmati xodimlari tomonidan profilaktik choralarga katta e’tibor qaratilmoqda. Jumladan, 2021-yilning 11 oyi davomida yo`l harakati qoidalarini buzgan piyodalarga nisbatan jami 101 861 ta ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan. Mazkur yo`nalishdagi ishlar davom etmoqda.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech