IIBB yangiliklari:
Haydovchilar avtomobil kalitini o't oldirgichda qoldirmang!
11 Oktyabr 2021 Yil 1941

Piyoda ishtirokidagi YTHga sababchi bo'lgan “Spark” avtomobili topildi

Аvvalroq ijtimoiy tarmoqlarda yo`l-transport hodisasi videosi tarqalib, unda 2021-yilning 3-oktabr kuni taxminan soat 11.00 da Bektemir tumani TXАY ko`chasida “Spark” avtomobili haydovchisi to`g`ri harakatlanib kelayotgan avtomobilning ustuvorligini inobatga olmasdan qayta burilib olmoqchi bo`lgani ko`rinib turibdi. Natijada “Cobalt” avtomobili haydovchisi – 1972-yilda tug`ilgan K.K. to`qnashuvni chetlab o`tmoqchi bo`lib, rulni o`ng tomonga burgan va piyoda – 1987-yilda tug`ilgan P.B.ni urib yuborgan. Natijada piyoda badan shikastlari bilan shifoxonaga yetkazildi.

Tezkor-tergov tadbirlari davomida aniqlanishicha, voqea joyini tark etgan “Spark” avtomobilining davlat raqamlari 10 L 690 WA bo`lgan. Ma`lumotlarga ko`ra avtomobilni haydovchilik guvohnomasi bo`lmagan 39 yoshli S.I. boshqargan.

Hozirga vaqtda unga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksining 128-moddasi 2-qismi prim.5 (“Transport vositalari haydovchilarining yo‘lning qarama-qarshi harakatlanish uchun mo‘ljallangan tomoniga yoki bo‘lagiga yo‘l harakati qoidalarini buzgan holda chiqishi, xuddi shuningdek avariya holati yuzaga kelishiga sabab bo‘lgan, yani yo‘l harakatining boshqa qatnashchilarini tezlikni, harakat yo‘nalishini keskin o‘zgartirishga yoki o‘z xavfsizligini yoxud boshqa fuqarolarning xavfsizligini taminlash uchun o‘zga choralarni ko‘rishga majbur qiluvchi huquqbuzarlikni sodir etishi”), hamda 135-moddasi 2-qismi (“Yo‘l harakati qoidalarida nazarda tutilgan hujjatlari bo‘lmagan shaxslarning transport vositalarini boshqarishi”) bo`yicha bayonnoma rasmiylashtirildi. Аvtomobil jarima maydonchasiga joylandi.

Mazkur fakt asosida olib borilgan tergovoldi harakatlari davom etmoqda. Faktlar aniqlangach, yo`l-transport hodisasining barcha ishtirokchilarining harakatlariga huquqiy baho beriladi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech