22 Noyabr 2021 Yil 883

Profilaktik tadbir davomida o'qotar qurollar olib qo'yildi

17-noyabr kuni Mirzo Ulug'bek tumanida olib borilgan “Xavfsiz hudud” profilaktik tadbirlari davomida IIV, DXX va Toshkent shahar IIBB Jinoyat qidiruv boshqarmasi xodimlari muqaddam sudlangan 48 yoshli Аrsen o'z uyida qurol yasash bilan shug'ullanishini aniqladilar.
Mazkur shaxsning yashash joyi tekshirilganda u yerdan revolvyer va to'pponcha topilib, ballistika ekspertizasiga yo'naltirildi. Ekspertizaning xulosasiga ko'ra fuqaroning xatti-harakatlariga huquqiy baho beriladi.
Fuqarolardan ushbu xatti-harakat uchun O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 248-moddasida (“Qurol, o'q-dorilar, portlovchi moddalar yoki portlatish qurilmalariga qonunga xilof ravishda egalik qilish”) javobgarlik ko'zda tutilganligiga e’tibor qaratishlarini so'raymiz.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech