28 Oktyabr 2021 Yil 1199

Ogohlik – davr talabi

“Facebook” ijtimoiy tarmog'ida Yunusobod tumani IIO FMB xodimlariga minnatdorchilik xabari e’lon qilindi.
2021-yilning 12-oktabr kuni minnatdorchilik muallifi bo'lgan fuqaroning “Iphone 11 Pro MaX” rusumli telefonini А. Temur ko`chasida joylashgan do'konda o'g'irlab ketishgan. Xodimlarning tezkor choralari natijasida jinoyat “issiq izdan” fosh etildi.
Аniqlanishicha, 26 yoshli gumonlanuvchi qiz poytaxt va O'zbekistonning boshqa shaharlaridagi sara kiyim do'konlaridan mobil telefonlarni o'g'irlar ekan. Jabrlanuvchi xodimlarga chin qalbdan minnatdorchilik bildirib, fuqarolarni ogohlikka chaqirdi. Ko'pincha aynan ogohlik sababli jinoyatlar qurboniga aylanmaslik mumkin. Qo'lga olingandan so'ng gumonlanuvchi yana beshta mobil telefon o'g'irlaganini tan oldi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech