7 Апрел 2022 йил 1815

Ofisdagi o‘g‘rilik qisqa vaqt ichida fosh etildi

Sergeli tumani IIO FMBga kelib tushgan xabarga ko‘ra, 29-mart kuni soat 05.45 larda 29 yoshli Jamshid M. va 24 yoshli Farrux N. ofis eshigini buzib, 59 yoshli Muhammad B.ga tegishli 2 dona kompyuter keyslarini va giroskuterini o‘g‘irlab ketishgan.

Ko‘rilgan tezkor choralar natijasida shu kunning o‘zidayoq jinoyat sodir etishda gumon qilinayotgan shaxslar aniqlanib, qo‘lga olindilar. Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi (O‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.

Барча янгиликлар

Text to speech