“Obod mahalla”: Mirzo-Ulug'bek tumanida mahallalarni obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda

“Obod mahalla” dasturiga asosan Mirzo-Ulug`bek tumani uchinchi sektori hududida turar-joy kvartallarini obodonlashtirish va ko`kalamzorlashtirish ishlari olib borilmoqda.
17 ta mahallalardan to`rttasida – Mustaqillik, Nur, Shahrisabz, Elobod mahallalarida obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda. Umumiy sa’y-harakatlar bilan uy-joylar atrofidagi hudud tartibga keltirilib, bolalar va sport maydonchalari yangilanmoqda. “Obod mahalla” dasturi doirasida mahalla fuqarolar yig`inlarida 2 ta kutubxona, 5 ta bolalar maydonchasi va 5 ta sport maydonchalari, hamda 2 ta mini-futbol maydonlari va 5 ta shiyponchalar qurildi. Deyarli barcha mahallalarda maxsus texnika ko`chalarni chiqindilardan tozalamoqda, yo`llar ta’mirlanib, fuqarolar daraxt ko`chatlarini o`tqazishmoqda.