IIBB yangiliklari:
Haydovchilar avtomobil kalitini o't oldirgichda qoldirmang!
25 Sentyabr 2021 Yil 1643

Olmazor tumanida roʻy bergan hodisa toʻgʻrisida

Internet tarmogʻida “Sokin soy” kafesi yaqinida bir nechta kishi va haydovchi oʻrtasida kelishmovchilik videosi tarqaldi. Mazkur fakt boʻyicha quyidagilarni ma’lum qilamiz.

2021-yil 21-sentabr kuni Olmazor tumani Toshkent xalqa avtomobil yoʻlida 30 yoshli Farxod I. “Spark” rusumli (davlat raqami 01 138 WHA) avtomobilni boshqarish davomida yoʻl chetida toʻxtagan. Soʻng bir nechta noma’lum shaxslar kelib, haydovchi yoʻl harakati qoidabuzarliklarini qayd etib ichki ishlar organlariga joʻnatmoqchi deb oʻylab u bilan janjal boshlashgan

Holat Olmazor tumani IIO FMB 1-son ichki ishlar boʻlimida qayd etildi. Hozirgi vaqtda ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan noma’lum kishilarning shaxslarini aniqlashga qaratilgan tadbirlar olib borilmoqda. Ularning hatti-harakatlariga huquqiy baho berilib, qonuniy chora koʻriladi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech