IIBB yangiliklari:
Haydovchilar avtomobil kalitini o't oldirgichda qoldirmang!
6 Oktyabr 2021 Yil 1186

Yashnobod tumanida roʻy bergan YTH haqida ma’lumot

2021-yil 5-oktabr kuni taxminan soat 21:00 da Yashnobod tumani Jarqoʻrgʻon koʻchasida 1998-yilda tugʻilgan Akmal J. “Lada 11184” rusumli avtomobilni ishonchnoma asosida boshqarish davomida transport vositalari uchun kutilmaganda chapga burilgan velosipedchini urib yuborgan.

Toʻqnashuv natijasida velosipedni boshqargan 1985-yilda tugʻilgan Ravshan S. badan shikastlari tufayli hayotdan koʻz yumdi. Marhumning yaqinlariga ta’ziya izhor etamiz.

Mazkur fakt boʻyicha Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonida Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatildi. Tergov olib borilmoqda.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech