IIBB yangiliklari:
Haydovchilar avtomobil kalitini o't oldirgichda qoldirmang!
10 Avgust 2021 Yil 1697

«Xavfsiz poytaxt» profilaktik tadbirlar davomida noqonuniy ravishda diniy ta'limdan saboq berayotgan shaxslar aniqlandi

Toshkent shahar IIBB va DXX xodimlari bilan hamkorlikda Uchtepa tumanida oʼtkazilgan profilaktik tadbirlar davomida Karimbaeva Аrofat, Rixsibaeva Xadicha, Raupova Lobarlar maxsus diniy maʼlumoti boʼlmay turib va diniy tashkilot boshqaruvi markaziy organining ruxsatisiz ayollar va qizlarga diniy ta'limdan saboq berib kelganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan ushbu shaxslarga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Mamuriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksining 241-moddasiga (“Diniy ta'limotdan saboq berish tartibini buzish”) muvofiq hujjatlar rasmiylashtirilib, sudga oshirildi. Sud tomonidan ularning har biriga nisbatan BHMning 5 barobari miqdorida jarima jazosi tayinlandi.
Hurmatli fuqarolar! Unutmang, diniy ta'limotdan saboq berish tartibini buzish qonunchiligimizda taqiqlanadi. Аgarda shaxs ma'muriy javobgarlikka tortilganidan so'ng yana shu kabi noqonuniy faoliyat bilan shug'ullansa, O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 229-2-moddasiga asosan (“Diniy ta'limotdan saboq berish tartibini buzish”) jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech