24 Март 2022 йил 3358

Mirobod tumanida sodir bo‘lgan YTH haqida ma'lumot

2022 yilning 23 mart kuni soat 15:16 da Mirobod tumani, Taras Shevchenko-Fidokor ko‘chalari kesishmasida, haydovchi - 1997 y.t., S.Z. “Spark” rusumli, davlat raqam belgisi 01 S 702 OV avtomashinasini boshqarib ketayotib, dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra svetoforning qizil chirog‘ida harakatlanib, svetoforning yashil chirog‘ida harakatlanib kelayotgan haydovchi - 1998 y.t., G.M. boshqaruvidagi "Malibu" rusumli, davlat raqam belgisi 01 U 727 FB bo‘lgan avtomashinasi bilan to‘qnashuv sodir etib, yo‘l chetidagi daraxtga urilgan. "Malibu" avtomashinasi esa qarama-qarshi yo‘nalishga o‘tib ketib, o‘z yo‘nalishda xarakatlanib kelayotgan haydovchi - 1993 y.t., R.D. boshqaruvidagi “Cobalt” rusumli, davlat raqam belgisi 01 V 413 GB bo‘lgan avtomashina bilan to‘qnashgan.
To‘qnashuv natijasida “Spark” avtomashinasining haydovchisi S.Z. hamda birinchi yo‘lovchisi 1998 y.t. U.Yu. turli xil tan jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan. “Spark” avtomashinasining ikkinchi yo‘lovchisi esa ko‘rsatilgan tibbiy yordamlarga qaramay kasalxonada VAFOT ETGAN. Marhumning oila a'zolariga hamdardlik bildiramiz.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Барча янгиликлар

Text to speech