Toshkent shahar IIBBda ma'naviyat-ma'rifat tadbiri o'tkazildi

Yaqinda Toshkent shahar IIBBda XX asr oʻzbek shoirlaridan biri Shavkat Rahmonning hayoti va ijodiga bagʻishlangan navbatdagi ma’naviyat va ma’rifat darsi boʻlib oʻtdi. Tadbirda IIBB sohaviy xizmatlar rahbarlari va shaxsiy tarkibi qatnashishdi.
Soʻzga chiqqanlar Shavkat Rahmon inson va millat sha’ni haqida ijod qilgan she’riyat ustasi boʻlganini qayd etishdi. Shoirning asarlarining ijtimoiy-falsafiy mohiyati haqida soʻz bordi.
Ma’naviyat-ma’rifat darsida Shavkat Rahmonning oʻzbek adabiyotiga qoʻshgan hissasi ham davlatimiz tomonidan yuqori baholanishi qayd etildi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-avgustdagi Farmoni bilan boshqa ijodkorlar qatorida shoir Shavkat Rahmon ham “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan vafotidan soʻng taqdirlandi.