10 Oktyabr 2021 Yil 2149

Kuchli ta’sir qiluvchi moddalarning noqonuniy savdosi bilan bogʻliq faktlarni aniqlash tadbirlari oʻtkazildi

7-oktabr kuni Chilonzor tumanida olib borilgan profilaktik tadbirlar davomida Toshkent shahar IIBB jinoyat qidiruv xizmati xodimlari Oʻzbekiston Respublikasi IIV va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash departamenti vakillari bilan hamkorlikda kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarining savdosi bilan bogʻliq faktlarni aniqlashdi.

21 yoshli Sardor X. 56 ta “Regapen” tabletkalarini 1.120.000 soʻmga sotayotganida qoʻlga olindi. Dorixona tekshirilganda ashyoviy dalillar sifatida 35 ta tabletka “Regapen”, 4 ta tabletka “Selofen” va 1 flakon “Tropikamid” olib qoʻyildi. Shuningdek tekshiruv oʻtkazish maqsadida ushbu dorixonada ishlovchi 23 yoshli Qodirbek Y. va 26 yoshli Toʻlqinjon N.lar qoʻlga olindilar.
Mazkur fakt asosida toʻplangan hujjatlar Chilonzor tumani IIO FMBga qonuniy chora koʻrilishi uchun yoʻnaltirildi.

8-oktabr kuni Sergeli tumanida olib borilgan tadbirlar davomida dorixona ishchisi 27 yoshli Jasurbek O. kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini sotayotganida qoʻlga olindi. Dorixonada 63 ta tabletka “Zardeks” topilib, olib qoʻyildi. Shuningdek tekshiruv oʻtkazish maqsadida dorixona ishchisi 26 yoshli Xomitilla N. qoʻlga olindi.
Mazkur fakt asosida toʻplangan hujjatlar qonuniy chora koʻrilishi uchun Sergeli tumani IIO FMBga yoʻnaltirildi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech