Ko‘prikda ta’mirlash ishlari boshlandi

Hurmatli hamshaharlar va shahrimiz mehmonlari!

Bugun, 15 avgust kuni rejadagi ta’mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan Bobur ko‘chasining Toshkent xalqaro aeroportiga eltuvchi ko‘prigida transportlar harakati qisman cheklanishini ma’lum qilamiz. Ta’mirlash ishlari yo‘lning har ikki tomonida navbatma-navbat olib boriladi va transportlar harakati uchun bitta bo‘lak ochiq qoldiriladi.

Vaqtinchalik noqulaylik uchun uzr so‘raymiz!