Jurnalistlar Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasining kompyuterlashgan tizimi bilan tanishishdi

Toshkent shahar IIBB Axborot multimediya markazi jurnalistlarning iltimosiga ko‘ra ular uchun YHXBga sayohat uyushtirildi.

Boshqarmaning Kommunikatsion texnologiyalar bo‘limi boshlig‘i Shuhrat Murodov OAV vakillariga tizim faoliyati haqida so‘zlab berdi. Bu yerda jurnalistlar, kompyuterlashtirilgan tizimning afzalliklari, xususan, yo‘l harakati xavfsizligi sohasida qoidabuzarlik holatlarining qayt etilishi, xodimlarning yo‘l harakatini boshqarish tartibi va chorrahalardagi svetoforlar ishini boshqarish tizimi bilan tanishdilar.

Shuningdek sohadagi eng so‘ngi texnologik yangiliklar bilan ham tanishdilar.