YuNISEF Toshkent shahar IIBB Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko’rsatish markazi faoliyati bilan tanishdi

YuNISEF delagatsiyasi Toshkent shahar IIBB Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko’rsatish markaziga tashrif buyurdi. Podpolkovnik Muinova Nilufar mehmonlarni kutib olib, ular bilan suhbat o’tkazdi. O’zbekistondagi YuNISEF vakolatxonasi rahbari Sasha Graumann va uning hamkasblariga Markazning faoliyati, uning maqsad va vazifalari, markaz faoliyatini tartibga soladigan asosiy normativ-huquqiy hujjatlar haqida so’zlab berishdi. Voyaga yetmaganlar bilan ishlashda asosiy urg’u ko’p tomonlama yordam ko’rsatishga berilgan. Birinchi o’rinda, bolaning oiladagi ijtimoiy maqomiga hamda uning oiladagi o’rniga e’tibor beriladi. Nilufar Abdukarimovnaning aytishicha, ichki ishlar xodimlari tomonidan poytaxtda topilgan qarovsiz bolalarning aksariyati notinch oilalarda ulg’ayishgan. Tarbiyachilar va Markaz xodimlari bolaning markazga joylashib unda o’tkazgan vaqt ichida unga o’z-o’ziga bo’lgan hurmat hissini, ularga nisbatan loqayd bo’lmagan insonlar ham borligini singdirishga urinishadi. Ba’zi bolalarga elementar narsalarni: o’zini tozalikda saqlash, sanitariya va gigiyena qoidalariga rioya qilishni o’rgatishga to’g’ri keladi. Bunda o’z xoxishi bilan Markaz ishlarida qatnashayotgan ko’ngillilarning xizmati katta.

Mehmonlar diqqatiga Markaz tarbiyalanuvchilari hayoti haqida so’zlab bergan slaydlar ham taqdim etildi. Lekin bolalar bilan bevosita muloqot qilish imkoniyati va Markaz bo’ylab uyushtirilgan ekskursiya delegatsiya vakillarida ko’proq taassurot qoldirdi.  Shuningdek, O’zbekistondagi YuNISEF vakolatxonasi rahbarining aytishiga qaranda, u ichki ishlar xodimlari tomonidan voyaga yetmaganlar bilan olib borilayotgan ishlarning hajmidan ta’sirlangan. Ushbu markaz kabi muassasalar Respublikaning har bir hududida borligiga alohida e’tibor berishdi. Bundan kelib chiqqan holda aytish mumkinki, og’ir ahvolda qolgan har bir bola e’tibor va g’amxo’rlikdan chetda qolmaydi.

Uchrashuv yakunida tomonlar hamkorlikni kuchaytirish yo’llarini muhokama qilib, uning natijasida bolalarga beriladigan amaliy yordam jamiyatning nozik toifalaridan bo’lgan har bir bolagacha yetib borishini maqsad qildilar.