14 Oktyabr 2021 Yil 737

Giyohvand o'simliklarni yetishtirish jinoiy javobgarlikka sabab bo'ladi

Yunusobod tumani IIO FMBdan kelib tushgan xabarga ko'ra, 6-oktabr kuni taxminan soat 19.00 da olib borilgan profilaktik tadbirlar davomida aniqlanishicha, 46 yoshli Dmitriy T. o'z uyida 68 tup hind nashasini yetishtirgan. Mazkur fakt asosida O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 270-moddasi (“Taqiqlangan ekinlarni yetishtirish”) bo'yicha jinoyat ishi qo'zg'atildi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech