IIBB yangiliklari:
Haydovchilar avtomobil kalitini o't oldirgichda qoldirmang!
26 Avgust 2021 Yil 4334

Javobgarlikdan qochishga navbatdagi urinish

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda Toshkent shahar IIBB YHXB inspektori tomonidan to'xtatilgan bir ayol kishi IIO xodimlarining qonuniy talablariga bo'ysunmagan, o'zini vazir o‘rinbosarining ikkinchi xotini ekanligini aytib janjal ko'targani aks etgan. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB tomonidan o'tkazilgan tekshiruv jarayonida quyidagilar aniqlandi.
2021 yil 30 iyul kuni Uchtepa tumani, KXAY ko'chasi, Jahon tillari universiteti qarshisida o'tkazilayotgan maxsus reyd tadbirida YPX inspektori tomonidan oq rangli “Neksiya-3” rusumli davlat raqami 01 X 743 DB bo'lgan avtoulovga to'xtash ishorasi berildi, biroq haydovchi YPX inspektorining qonuniy talabiga bo'ysunmasdan o'z harakatini davom ettirgan. Ko'rilgan chora tadbirlar natijasida mazkur transport vositasi KXAY va Farxod ko'chalari kesishmasida to'xtatildi.
YPX inspektori tomonidan tekshirilganda transport vositasi haydovchisi 1996 yilda tug'ilgan E.Madina avtotransport vositasini texnik qayd etish guvohnomasidan tashqari boshqa xujjatlarni taqdim eta olmagan. Javobgarlikdan qochib qutulish maqsadida E.Madina va uning ukasi 1999 yilda tug'ilgan E.Umidlar IIO xodimlarining faoliyatiga to'sqinlik qilib, janjal ko'targan.
Ushbu fuqarolarga nisbatan O'zbekiston Respublikasi MJtKning tegishli moddalariga asosan mamuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, avtoulov vaqtincha jarima maydonchasiga joylashtirildi va huquqbuzarlik sodir etgan shaxslarga nisbatan sud tomonidan tegishli jazo choralari qo'llanildi.
O'tkazilgan tekshiruv jarayonida E.Madinaning hech kaysi vazir o‘rinbosariga aloqasi yo'qligi aniqlandi.
Shu o'rinda fuqarolarga eslatib o'tamiz, birovning nomini sotib, o'zini kimningdir qarindoshi deb tanishtirish, janjal ko'tarish orqali javobgarlikdan qochib qutulib bo'lmaydi. Qonun oldida barcha barobar!

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech