Tezkor xabarlar

Toshkent shahar IIBBga Shayxontohur tumanida yashovchi 43 yoshli N.Umidaxon murojaat qilib, Yashnobod tumanida yashovchi 22 yoshli V.Mohirjonga nisbatan chora koʻrishni soʻragan. Maʼlum boʻlishicha, Mohirjon 2016 yilda plastik romlarini yasab berishni vaʼda qilib Umidaxondan 2.650 AQSH dollarini olib, oʻz ehtiyojlari uchun sarflab yuborgan. Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi (“Firibgarlik”) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olmazor tumani IIO FMBga Toshkent viloyatida yashovchi 36 yoshli R. Shovkatdan ariza kelib tushdi. Uning qayd etishicha, 2017 yilning yoz oylarida A.Oʻlmasjon ismli shaxs “Lesetti Jentra” avtoulovini olib berishini vaʼda qilib, 10.000 AQSH dollarini olgan, biroq vaʼdasini bajarmagan. Ushbu holat boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi (“Firibgarlik”) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Chilonzor tumanida 26 avgust kuni soat 13.40 da Xorazm viloyatida tugʻilgan O.Mirzabek avtoulovni yoʻlakda haydaganligi sababli tanishi bilan tortishib qolgan va oqibatda tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan. Hozirda voqea boʻyicha tekshiruv olib borilmoqda.