IIBB yangiliklari:
Haydovchilar avtomobil kalitini o't oldirgichda qoldirmang!
23 Oktyabr 2021 Yil 631

Ishlashga ketgan kishi mehnat qulligiga tushib qoldi

2021-yilning oktabr oyida Toshkent shahar IIBB xodimlari Facebook ijtimoiy tarmog'idagi idoraning rasmiy sahifasi orqali foydalanuvchilarning biridan xabar qabul qilishdi. Samarqand viloyatilik J.E. o'z ma’lumotlarini taqdim qilgan holda og'ir ahvolga tushib qolganini aytdi. Tanishining taklifi bilan Qozog'istonga ishlashga ketgan J.E.ga uch oydirki pasportini ham, oyligini ham berishmayapti. “Hozir biz Olmatadamiz. Iltimos, yordam bering” deb xabarini yakunladi.

Bu kabi xabarlar minglab murojaatlardan o'z ahamiyati, og'irligi bilan ajralib turadi. Bundan murojaatlarning mualliflari ko'pincha odam savdosi qurboniga aylanib qolishganini anglab yetishmaydi. Аmmo muammodan xabar topgan xodimlar tezkor chora ko'rish zarurligini tushunishadi.

Murojaat qilgan 31 yoshli J.E. bilan aloqa o'rnatildi: uning telefon raqami va bir qator tafsilotlar qabul qilindi. Ma’lum bo'lishicha, joriy yilning iyun oyida uni tanishi Sheroz N. Shimkentga qurilish ishlariga chaqirgan. Bajargan ishlari uchun haqini olmagan J.E. boshqa bir vatandoshi – Аli E.ning taklifiga rozi bo'lib, Olmaota viloyatiga borishga majbur bo'lgan. Manzilgan yetib kelgan J.E.dan uning pasportini “vaqtinchalik ro'yxatdan o'tish” bahonasida so'rab, bir necha oy davomida hujjatlarini qaytarib bermasdan oylik ham berishmagan. Suhbat davomida aniqlanishicha, J.E. bilan birga xuddi shu holatga O'zbekiston Respublikasining boshqa fuqarolari – 1998-yilda tug'ilgan D.А. va 2000-yilda tug'ilgan O.U.lar ham tushib qolishgan.

Mazkur xabar Toshkent shahar IIBB JQB xodimlari va “Istiqbolli Avlod” Respublika ijtimoiy-axborot markazi tomonidan o’rganib chiqildi. Umumiy sa’y-harakatlar natijasida uch nafar O’zbekiston fuqarolari ekspluatatsiyadan ozod qilinib, zarur yordam va huquqiy maslahat olishdi. Ularga O'zbekistonning Qozog'istondagi elchixonasiga hamda Qozog'istonning Olmaota viloyati policiyasiga ariza bilan murojaat qilishda ko'mak berildi. Hozirgi vaqtda qozog'istonlik hamkasblarimiz mazkur holat bo'yicha tergovga qadar tekshiruv o'tkazmoqda.

Hurmatli fuqarolar! Ogoh bo'ling. Xorijda ishlash haqida so'z borganda qaror qabul qilishga oshiqmang, ayniqsa “ish beruvchi” sizni shoshiltirsa sergak bo’ling, internet orqali majburiy mehnatdan himoyalanish yo'llarini o'rganing. Bu kabi holatga tushib qolganingizda – bu haqida “Istiqbolli avlod” RIАMga yoki ichki ishlar organlariga xabar bering.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech