IIBB yangiliklari:
Haydovchilar avtomobil kalitini o't oldirgichda qoldirmang!
3 Sentyabr 2021 Yil 3166

Tezkor xabar

Internet tarmogʼida fuqarolar va ichki ishlar organlari xodimlari ishtirokidagi holat videosi tarqaldi. Mazkur fakt boʼyicha quyidagilarni maʼlum qilamiz.
28-avgust kuni Yangihayot tumani IIO FMB patrul-post xizmati xodimlari safdor Hikmatilla I. va Farxodjon X.lar Yangihayot tumani Sputnik 15 massividagi 12-son avtobus parki yaqinida tungi vaqtdagi piyoda patrullash davomida hatti-harakatlari bilan shubha uygʼotgan ikki nafar fuqaro – 27 yoshli Tursunboy N. va 30 yoshli Ulugʼbek G.larni koʼrib qolishdi. Xodimlar fuqarolarning yoniga kelib, oʼzlarini tanishtirgach, jamoat joyida niqobsiz yurish maʼmuriy huquqbuzarlik hisoblanishi haqida ogohlantirishdi. Soʼng fuqarolarning shaxslarini aniqlash maqsadida ular tuman IIO FMB ichki ishlar boʼlimiga taklif qilindilar. Аmmo yigitlar bu iltimosga javoban qoʼpol tarzda qarshilik koʼrsatib, xodimlarning qonuniy talablariga boʼysinmadilar. Tursunboy boshi bilan safdor Hikmatilla I.ning burun qismiga zarba berib, unga badan shikasti yetkazdi. Tursunboy va Ulugʼbekning voqea joyiga yetib kelgan patrul-post xizmati xodimlari tomonidan qoʼlga olinish jarayoni videoga tushib qolgan. Huquqbuzarlar IIBga, jabrlanuvchi esa – tibbiyot muassasiga yetkazildi.
Mazkur fakt boʼyicha toʼplangan hujjatlar Yangihayot tumani prokuraturasiga yoʼnaltirildi.
Yangihayot tumani prokuraturasi tomonidan Tursunboy N.ga nisbatan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 219-moddasi 2-qismi (“Hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik koʼrsatish”) boʼyicha jinoyat ishi qoʼzgʼatildi. Tergov davom etmoqda.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech