IIBB yangiliklari:
Haydovchilar avtomobil kalitini o't oldirgichda qoldirmang!
12 Sentyabr 2021 Yil 2286

Tezkor xabar

Internet tarmogʻida ayol kishi toʻqqizinchi qavatdan kreslo tashlab yuborgani aks etgan video tarqaldi. Mazkur fakt boʻyicha quyidagilarni ma’lum qilamiz.

9-sentabr kuni soat 13.30 da muqaddam sudlangan 38 yoshli Durdona A. mast holda boʻlib, biror sababsiz Yashnobod tumani Qorasuv koʻchasidagi uyning 9-qavatidan kresloni uloqtirib yuborgan. Holatga aniqlik kiritish uchun voqea joyiga profilaktika inspektori yetib keldi. Profilaktik suhbat davomida ayol anchadan buyon eski mebelidan qutulmoqchi boʻlganini, ammo podyezd orqali chiqarishga eringanini aytdi va bu ishidan afsusdaligini bildirdi. Holat tufayli hech kim jabrlanmadi. 

Durdona A.ga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 183-moddasi (“Mayda bezorilik”) boʻyicha bayonnoma rasmiylashtirildi. 

Mazkur fakt boʻyicha toʻplangan hujjatlar Yashnobod tumani sudiga yoʻnaltirildi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech