IIBB yangiliklari:
Haydovchilar avtomobil kalitini o't oldirgichda qoldirmang!
7 Avgust 2021 Yil 4912

Tezkor xabar

Internet tarmogʻida “Qalampir.uz” jurnalisti Feruza N.ni obro'sizlantiruvchi video tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Feruza N. unga tuhmat qilgan shaxslarga nisbatan qonuniy chora ko'rishni so'rab Toshkent shahar IIBBga ariza bilan murojaat qilganini ma’lum qilamiz. Hozirda murojaat bo'yicha tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda, natijasi bo'yicha qonuniy qaror qabul qilinadi.

Hurmatli fuqarolar, yolgʻon xabar tarqarish Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 244-6 moddasi (“Yolgʻon axborot tarqatish”), hamda tuhmat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 139-moddasiga (“Tuhmat”) koʻra javobgarlikka sabab boʻladi.
Bundan tashqari, pornografik mahsulotni tarqatish Oʻzbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 189-moddasi (“Pornografik mahsulotni tayyorlash, olib kirish, tarqatish, reklama qilish, namoyish etish”), Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 130-moddasiga (“Pornografik mahsulotni tayyorlash, olib kirish, tarqatish, reklama qilish, namoyish etish”) koʻra javobgarlikka sabab boʻladi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech