18 Avgust 2021 Yil 1344

Chilonzor tumanida ro'y bergan YTH to'g'risida

2021 yil 17 avgust kuni taxminan soat 15.00 da Chilonzor tumanidagi Seul ko'chasida ikkita transport vositalari: 1978 yilda tug'ilgan Shuxratjon M. boshqaruvidagi “Matiz” avtomobili (davlat raqami 01 L 802 YA) va 1988 yilda tug'ilgan Dilshod T. boshqaruvidagi “Nexia-3” avtomobili (davlat raqami 01 214 HGA) to'qnashuvi ro'y berdi. YTH sabablari aniqlanmoqda.

YTH oqibatida ikkala haydovchi hamda “Matiz” avtomobilining yo'lovchisi Boxodir M. tan jaroxatlari bilan shifoxonaga yetkazildilar.

Mazkur fakt bo'yicha Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan tergov oldi tekshiruvi o'tkazilmoqda.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech