Hurmatli yurtdoshlar!

Avval xabar berganimizdek joriy yil 1 iyulda Oʻzbekiston Respublikasi nobiometrik pasportining amal qilish muddati tugaydi. Shu munosabat bilan aholiga qoʻshimcha qulayliklar yaratish maqsadida Toshkent shahar IIBB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasining tuman boʻlimlari ish vaqtlariga oʻzgartirish kiritildi. Unga koʻra, 11 tumandagi barcha boʻlimlar ertalab soat 8:00 dan fuqarolarni qabul qilishni boshlaydi. Bundan tashqari endilikda yakshanba- dam olish kunida ham aholiga xizmat koʻrsatish yoʻlga qoʻyildi. Hurmatli fuqarolar, Sizdan oʻz vaqtida pasportingizni almashtirishni soʻraymiz.