IIBB yangiliklari:
Haydovchilar avtomobil kalitini o't oldirgichda qoldirmang!
15 Oktyabr 2021 Yil 982

Toshkent shahar IIBB xodimlari giyohvandlik “zanjiri” qatnashchilarini qo'lga olishdi

10-oktabr kuni Chilonzor tumanida olib borilgan profilaktik tadbirlar davomida Toshkent shahar IIBB jinoyat qidiruv xizmati xodimlari O`zbekiston Respublikasi IIV vakillari bilan hamkorlikda giyohvandlik vositalarini noqonuniy sotmoqchi bo`lgan shaxslarni aniqlashdi.
38 yoshli Mashʼalbek M. 600 gr. “gashish” uchun 6.000 АQSh dollari olayotganida qo`lga olindi. Uning avtomobilida 596,16 gr. “gashish” topildi. Suhbat davomida Mash`albek muqaddam sudlangan sherigi 50 yoshli Kazimjon G. haqida maʼlumot berdi. Turar joyi tekshirilganda xonadon hammomidan 386,43 gr. “gashish” topildi.
Ichki ishlar organlari hatti-harakatlari tufayli giyohvandlik vositalari savdosi bilan shug`ullanuvchi boshqa shaxslar ham aniqlandilar. Maʼlum bo`lishicha, 34 yoshli Аkmalxon G. va 50 yoshli Maxamadjon А.lar “gashish” yetkazib berish bilan shug`ullanishar ekan. Toshkentga kelib ular giyohvandlik vositalarini sotuv uchun berganlar. Mazkur shaxslar ham qo`lga olindilar. Ularning turar joylari tekshirilganda 2,23 gr. “gashish” va 9.000 АQSh dollari hamda 3.600 qirg`iz somi topildi.
Mazkur fakt asosida to`plangan hujjatlar Chilonzor tumani IIO FMBga yetkazildi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech