4 Март 2022 йил 2078

Firibgarlik holati yuzasidan Chilonzor tumani IIО FMB tergov bo‘limi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan

Chilonzor tumani IIO FMBga kelib tushgan xabarga ko‘ra, o‘tgan yilning iyun oyida 51 yoshli T.K. 20 yoshli D.P.ga futbol klubining ikkinchi ligasidan birinchi ligaga o‘tkazishni va’da qilgan. Lekin T.K. o'zining "xizmatlari" uchun 950 AQSh dollarini olib, va'dasini bajarmagan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (“Firibgarlik”) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda.

Барча янгиликлар

Text to speech