IIBB yangiliklari:
Haydovchilar avtomobil kalitini o't oldirgichda qoldirmang!
19 Oktyabr 2021 Yil 627

Muhimi – qo'rqitish. Firibgarlar hiylasi

O'tgan yili pandemiya davrida yaqin insonni yo'qotish qo'rquvi bizning psixologik holatimizga taʼsir qilishi mumkin edi. Bu qo'rquvdan baʼzi shaxslar foydalanib qolmoqchi bo'lishdi. Hikoyamiz qahramoni shu kabi holatga tushib qoldi.
Kunlardan birida uy bekasi bo'lgan Odina farzandlari bilan sayr qilishga chiqdi. Uy yonidagi bolalar maydonchasida ularning yoniga notanish ayol kelib, uning bolalarini maqtay boshladi. Har qanday onadek Odinaning bu gaplardan kayfiyati ko'tarildi. Suhbat davomida o'zini Yulduz deb tanishtirgan ayol folbin ekanligini aytib, yaqin orada Odinaning yaqinlaridan biri og'ir kasal bo'lib hatto hayotdan ko'z yumishi mumkinligini, shuningdek Yulduz ularni himoya qilishga harakat qilishini aytdi. Fojeaning oldini olishning yagona yo'li shu ekanligini aytgan ayol Odinaga tegishli bo'lgan tilla taqinchoqlar kerak bo'lishini maʼlum qildi. Eshitganlaridan hayratda qolgan ayol o'zidan 31.953.000 so'mlik tilla taqinchoqlarini yechib, Yulduzning qo'liga bergach, Yulduz hamma ishni bajarishini vaʼda qilib voqea joyini tark etgan.
Bir necha soatdan so'ng Odina aldanganini anglab yetib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga ariza bilan murojaat qildi. Olib borilgan tezkor-tergov tadbirlari davomida 30 yoshli Yulduz qo'lga olindi. Unga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi (“Firibgarlik”) bo'yicha jinoyat ishi qo'zg'atildi.
O'zingiz va yaqinlaringizni asrang. Yuqoridagi kabi holatlarda aldanmasdan, to'g'ri qaror qabul qiling.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech