16 Oktyabr 2021 Yil 669

Аviachiptalarni faqat rasmiy vakillardan xarid qiling

Mirzo-Ulug'bek tumani IIO FMBdan kelib tushgan xabarga ko'ra, 5-oktabr kuni taxminan soat 11.00 da 31 yoshli Jurat M. 31 yoshli Mehrigiyo B.ga Turkiyaga arzon narxda chipta olib berishini vaʼda qilgan. Bunng uchun u ayoldan 28.000.000 so'm olib, vaʼdasida turmasdan, pullarni o'z ehtiyojiga sarflab yuborgan. Mazkur fakt asosida O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (“Firibgarlik”) bo'yicha jinoyat ishi qo'zg'atildi.
Hurmatli fuqarolar! Haddan tashqari ishonuvchan bo'lmang. Аviachiptalarni faqatgina rasmiy vakiilardan xarid qiling.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech