E’tiborsizlik fojiaga olib kelishi mumkin edi

O‘tgan yakshanba kuni Uchtepa tumani 13-mavzeda joylashgan ko‘p qavatli uylardan birida gaz paqillashi holati ro‘y berdi. Qurbonlar yo‘q. Xonadon egasi U. A. yengil kuyish jarohatini olgan. Gaz uskunasining e’tiborsiz qoldirilgani xonaga gaz to‘planib qolishiga sabab bo‘lgan.

Ma’lum bo‘lishicha, xonadon egasi olov yonib turgan gaz plitasiga tovoqni qo‘yib, tashqariga chiqib ketgan. Tovoqdagi suvning qaynab chiqib, toshishi oqibatida olov o‘chib qolgan va shu tariqa xonaga gaz to‘plangan va paqillagan.

Toshkent shahar IIBB YOXB toshkentliklar va poytaxtimiz mehmonlarini gaz va elektr uskunalariga ehtiyotkor munosabatda bo‘lishga chaqiradi.