E'LON

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi mavjud boʼlgan boʼsh lavozimlarga xizmatga qabul qilish uchun tanlov eʼlon qiladi. Tanlovda ishtirok etmoqchi boʼlgan shaxslar joriy yilning 24-25 sentabr kunlari (soat 09:00 dan 17:00 gacha) Toshkent shahar, Mirobod tumani, Said Baraka koʼchasi, 7-uyda joylashgan Toshkent shahar IIBB Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati binosidagi “Toshkent shahar Ichki ishlar organlari xizmatiga qabul qilish markazi”ga murojaat etishlari mumkin. Ishtirok etmoqchi boʼlgan shaxslar oʼzlari bilan fuqarolik pasportini, harbiy guvohnomani hamda oliy taʼlim muassasasini yakunlaganligini tasdiqlovchi hujjatni (diplom) aslini olib kelishlari shart. Nomzodlarga qoʼyiladigan talablar: - Oʼzbekiston Respublikasi fuqarosi boʼlishi; - oliy maʼlumotga ega boʼlishi; - erkak (oʼgʼil bola) boʼlishi; - yoshi 30 yoshgacha boʼlishi; - boʼyi 175 sm va undan yuqori boʼlishi; - Qurolli Kuchlar safida 1 yillik yoki 1 oylik harbiy xizmatni oʼtgan boʼlishi shart. Maʼlumot uchun 71-281-95-44 raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.